Matuzalem uch oyga diskvalifikaciya qilindi

12 yanv 2018, 00:59
“Shaxtyor”, “Napoli” va “Lacio” klubilarining sobiq futbochlisi, ayni paytda Italiya to'rtinchi divizioni “Monterosi” klubida to'p tepayotgan yarim himoyachi Franselino Matuzalem uch oyga diskvalifikaciya qilindi.

Bu haqda Football Italia xabar bermoqda.

37 yoshli braziliyalik futbolchigi “Flaminiya” klubiga qarshi bahsda bosh hakam o'ta qo'pol o'yini uchun qizil kartochka ko'rsatdi. Futbolchi esa hakamning qo'lidagi kartochkasini urib yubordi va uni haqorat qilib, tahdid qildi. Ushbu hatti harakat uchun futbolchi 10 aprelga qadar uchrashuvlarda maydonga tusha olmaydi.


Manba: Football Italia