Mateta Saudiya Arabistoni jamoasiga o'tmoqchi emas

Sherzod Nurmatov
22 yanv 2026
"Kristal Pelas"ning fransiyalik hujumchisi Jan-Filipp Mateta London klubi rahbariyatiga jamoani tark etish istagi borligini ma'lum qildi.

Bu haqda Fabricio Romano xabar bermoqda.

Insayderga ko'ra, Mateta katta maosh taklif qilinadigan Saudiya Arabistoni ligasiga o'tishni istamadi. U faoliyatini Italiyaning A Seriyasida davom ettirish yoki APLda qolishni rejalashtirmoqda.

Xabar qilinishicha, "Aston Villa" va "Yuventus" bilan olib borilgan muzokaralardan so'ng Mateta jamoasini allaqachon yanvar oyida almashtirishni ko'zlamoqda. Biroq yakuniy qaror "Kristal Pelas" ixtiyorida qoladi. London klubi esa ushbu transfer oynasida allaqachon asosiy himoyachisi Mark Gexini "Manchester Siti"ga sotib yubordi va hozir qanday qaror qabul qilishi noma'lum.

Avvalroq "Yuventus" Mateta bo'yicha taklif bilan chiqqani haqida xabar berilgan edi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano