

Ispaniyalik mutaxassis "qizil iblislar" short-listiga kiritilgan, murabbiy Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyligidan kyetishi kutilmoqda. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs The United Stand akkauntida X (Twitter) sahifasida xabar berdi.
52 yoshli mutaxassis Portugaliya terma jamoasini 2023 yil yanvaridan boshqarib kelmoqda. Martines bilan shartnoma 2026 yil iyul oxirigacha amal qiladi. Uning rahbarligida Portugaliya terma jamoasi 2025 yilda Millatlar ligasini yutib oldi.
Hozirda "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi - Maykl Kerrik. Uning shartnomasi 2026 yil yozigacha.




