"Manchester Yunayted" Sheshkoning jarohati jiddiyligidan xavotirda

Sherzod Nurmatov
11 noya 2025, 18:39
MYU hujumchi Benyamin Sheshkoning "Tottenxem"ga qarshi (2:2) o'yinda jiddiy jarohatdan qutulib qolgan degan umidda.

ESPN ma'lumotlariga qaraganda, 22 yoshli sloveniyalik tizzasidagi muammo bo'yicha qo'shimcha tekshiruvlardan o'tadi. Shuningdek, u noyabr oyida milliy terma jamoasining o'yinlarini o'tkazib yuboradi.

Angliya Premer-ligasi 11-turidan joy olgan "Tottenxem" bilan bahsda Sheshko 58-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. U o'yindan keyin oqsoqlanib yurdi.

Hujumchi 2025/26 yilgi mavsum 12 o'yinda 2 ta to'p kiritdi hamda 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN