"Manchester Yunayted" Mareska nomzodini ko'rmayapti

Mirjalol Normatov
3 yanv 2026
"Manchester Yunayted" Ruben Amorimni iste'foga chiqarib, Enco Mareskani bosh murabbiy etib tayinlash variantini ko'rib chiqmayapti.

Bu haqda Fabricio Romano shunday yozadi: "Ushbu mish-mishlar bir vaqtlar "Manchester Siti"da Mareska bilan ishlagan, hozirda MYU loyihasining asosiy qismi bo'layotgan Omar Berrada sababli urchimoqa.

Menga yetib kelgan ma'lumotga ko'ra, "Manchester Yunayted" va Mareska hech qanday muzokaralar olib bormayapti.

MYU o'z poziciyasida qolgan va Ruben Amorimga imkoniyat beradi. Bosh murabbiyni almashtirish variantlari ko'rib chiqilmayapti".


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano