

Bu haqda Fabricio Romano ma'lum qildi. Joriy mavsum “Jirona”da ajoyib o'yin ko'rsatayotgan 19 yoshli futbolchi aslida “Trua”ga tegishli. Braziliyalik ijara asosida Ispaniyada o'ynamoqda.
Qizig'i “Jirona” va “Trua” “Man Siti” xo'jayinlari egalik qiluvchi “City Football Group”ga tegishli.
Ma'lumot uchun, 19 yoshli braziliyalik joriy mavsum La Ligada 23 ta uchrashuv o'tkazgan. Uning hisobida 5 ta gol va 7 ta golli uzatma amalga oshirgan.




