Sadio Mane Senegaldan chempionlikni olib qo'yilganiga keskin munosabat bildirdi

Khoja
18 mar 2026
Senegal terma jamoasi yetakchisi Sadio Mane Afrika chempionligini olib qo'yilganiga munosabat bildirdi.

"Yuz bergan voqea haddan tashqari chuqurlashib ketdi. Bu biz kurashayotgan futbol emas va biz ishonadigan Afrika ham emas.

Bizning futbolda juda ko'p korrupsiya bor va bu butun qita bo'ylab millionlab muxlislarning ishtiyoqini o'ldirmoqda. O'yinchilar maydonda bor kuchini sarflaydi, lekin maydondan tashqaridagi qarorlar o'yin natijasini hal qiladi va sovrinlar taqdirini belgilaydi.

Men nafaqat Senegal uchun, balki butun Afrika futbol uchun ham chuqur hafsalam pir bo'ldi. Biz yaxshiroq narsaga loyiqmiz. Muxlislar adolat, oshkoralik va hurmatga loyiq", - deb fikr bildirdi Mane.


KhojaMuallif
Manba: championat.com