Malkom va Klaudinoning ishlari boshlandi

Mirjalol Normatov
18 sen 2022
"Zenit"ning braziliyalik futbolchilari Malkom hamda Klaudino Rossiya fuqaroligini olish ishlari boshlab yuborildi.

2019 yili "Barselona"dan "Zenit"ga o'tgan Malkomning Rus klubi bilan shartnomasi 2027 yil yoziga qadar amal qiladi. Ushbu mavsumda Malkom 10 o'yinda maydonga tushib, 6 gol va 4 asssist qayd etdi. Klaudino esa 2021 yilda "Zenit" futbolchisiga aylangandi. Uning hisobida 1 gol va 2 assist bor.

Oldinroq ma'lum qilingadinek, ayni damda braziliyalik ikki futbolchi Rossiya fuqaroligini olish harakatida bo'lib turibdi. Bu jarayon keyingi oy o'rtasiga qadar yakunlanishi kutilmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: sports.ru