"Al Nassr" futbolchisi "Zenit"ga o'tmoqda

Mirjalol Normatov
6 fev 2026
"Al Nassr" forvardi Jon Duran "Zenit"ga o'tish arafasida.

U Rossiya jamoasi uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi va yaqin vaqtlar ichida mavsum yakuniga qadar ijara asosida "Zenit"ga o'tadi.

"Duran Peterburgda klubimiz uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi. Yaqin vaqtlarda u jamoa yig'iniga borib qo'shiladi", - deyiladi klub bayonotida.

Duran ushbu mavsumning birinchi qismini Turkiya chempionatida "Fenerbahche"da ijarada o'tkazdi va 10 o'yinda 3 gol va 2 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: sport-express.ru