Luish Kashtru – "Al Nassr" yangi bosh murabbiyi!

Sherzod Nurmatov
6 iyul 2023
Braziliyaning "Botafogo" klubi bosh murabbiyi Luish Kashtru Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubini boshqaradi.

Mutaxassis bilan 2025 yilgacha mo'ljallangan shartnoma tuzildi.

Avvalroq, "Al Nassr" yangi murabbiy topgani va uni Ronaldu ko'ndirgani haqida xabar bergandik. 

"Al Nassr" aprel oyida fransiyalik murabbiy Rudi Garsiyani iste'foga chiqargandi, keyinchalik u Italiyaning "Napoli" klubi bosh murabbiyiga aylandi.

61 yoshli portugaliyalik mutaxassis bungacha "Al Duhayl", "Vitoriya Gimaraesh", "Riu Ave" va "Penafiel" kabi jamoalarda ishlagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: alnassrfcsa.com