"Liverpul" PSV yetakchisini nishonga oldi

Alisher
27 mar 2021
Niderlandiyalik hujumchi Doniell Malen yozda PSVdan kyetib, APLga yo'l olishi mumkin.

22 yoshli futbolchining xizmatlariga "Liverpul" klubi qiziqish bildirmoqda.

Eyndjoven klubi forvardning narxini 30 million evroga baholamoqda. "Liverpul"dan tashqari Doniellga "Barselona" ham qiziqish bildirmoqda.

Malen joriy mavsum Erediviziya doirasidagi 26ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol va 6ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta Dello Sport