APL. "Manchester Siti" kambek orqali "Enfild"da "Liverpul"ni mag'lub etdi, Husanov 61-daqiqada to'qnashuvdan so'ng almashtirildi

Alisher Ostonov
8 fev 2026
APL 25-tur doirasidagi "Liverpul" - "Man Siti" o'yini bo'lib o'tdi.

Manchesterliklarning o'zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov o'yinni asosiy tarkibda boshladi. Ammo, futbolchi ikkinchi bo'limda jamoa darvozaboni Janluiji Donnarumma tizzasi bilan unga zarba berib yubordi va Xosep Gvardiola 61-daqiqada uning o'rniga Ruben Diasni maydonga tushirdi.

O'yinda dastlab 74-daqiqada Dominik Soboslai hisobni ochdi. Bernardu Silva 84-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Erling Xoland esa 90+3 daqiqada 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirib, "shaharliklar"ga muhim g'alabani taqdim etdi. Shuningdek, Dominik Soboslai raqibini yaqqol gol urish imkoniyatidan mahrum etgani uchun 90+13 daqiqada maydondan chetlatildi.

"Manchester Siti" APLda 25-turdan so'ng 50 ochko bilan "Arsenal"dan 6 ochko ortda qolgan holda ikkinchi o'rinda bormoqda. "Liverpul" esa 39 ochko bilan 6-o'ringa joylashgan. 




Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia