"Leyptsig" futbolchisi Manchesterga yo'l olishi mumkin

Mirjalol Normatov
29 dek 2024
"Leyptsig" tayanch yarim himoyachisi Artur Vermiren "Manchester Yunayted" short-listida.

"Yahoo"ning yozishicha, aslida "Atletiko"ga tegishli bo'lgan, ayni damda "Leycpcig"da ijarada o'ynayotgan 19 yoshli belgiyalik futbolchini kuzatmoqda. Hozircha tomonlar muzokaralarni boshlashmagan.

Ushbu mavsumda Vermiren barcha turnirlarda 20 o'yinda ishtirok etgan. Uning "Atletiko" bilan shartnomasi 2030 yilgacha davom etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Yahoo