

Jurnalist Ekrem Konur ma'lumotlariga qaraganda, Italiya klubi polshalik forvardni erkin agent sifatida tarkibga qo'shib olish imkoniyatini o'rganmoqda.
37 yoshli hujumchining klub bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi, shuning uchun "byankoneri" uni bepul olish umidida.
Levandovski "Barselona"da qolish uchun maoshi kamayishiga rozi. Hozirgi shartnomasi bo'yicha hujumchi yiliga taxminan 26 million evro ishlab topadi.
Avvalroq unga "Atletiko", "Fenerbaxche" va "Chikago Fayr" qiziqish bildirgani ma'lum qilingan edi.



