“Lacio” 20 mln evro evaziga “Fenerbahche” forvardini sotib oldi

Eldor Akmurzayev
15 sen 2020, 21:00
“Fenerbahche” hujumchisi Vedat Muriki faoliyatini Italiyada davom ettiradi.

26 yoshli futbolchi “Lacio” a'zosiga aylandi.

Jurnalist Nikola Skiraning xabar berishicha, ushbu transfer 20 mln evroga amalga oshdi va shartnoma 5 yilga tuzilgan.

Kosovolik futbolchi o'tgan mavsum turk klubi safida 36 o'yinda qatnashib, 17+7 natija ko'rsatgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/OfficialSSLazio