La Liganing ikki klubi Diego Kostaga qiziqmoqda

Alisher
18 dek 2021, 14:23
Ispaniyalik forvard Diego Kosta Braziliyaning "Atletiko Mineyro" klubidan kyetishi va vataniga qaytishi mumkin.

33 yoshli futbolchiga La Liganing ikki klubi qiziqish bildirmoqda. Gap "Elche" va "Kadis" klublari haqida ketmoqda.

Autsayderlar unga qishki transfer oynasida shartnoma taklif qilishga tayyorlar.

Diego "Atletiko Mineyro" tarkibida Braziliya chempioniga aylandi. Ispan yakunlangan mavsum A Seriyada 15ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urdi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilning so'nggida yakuniga etadi.


AlisherMuallif
Manba: Goal