Kurani "Dinamo"da qolishni istamoqda

Aziz Tukhtamuradov
19 dek 2014, 20:30
"Dinamo" sport direktori Guram Ajoevning aytishicha, Vladimir Granat va Kevin Kuranilar bilan kelishuvlarni uzaytirish masalasida muzokaralar olib boriladi.
Uning so'zlariga ko'ra germaniyalik futbolchi jamoada qolishni istamoqda. Rossiyalik futbolchi bilan esa yaqinda bu masalada gaplashib olinadi.

"Granatning vakillari bilan gaplashib olishimiz zarur. Buni yaqin orada hal qilamiz. Shundan so'ng qaror qabul qilamiz. Kuraniga keladigan bo'lsak, u hozir tatilda. Ammo, uning jamoamizda qolishni istashi aniq", - deydi Ajoev.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: euro-football.ru