Klubsiz qolgan Kavani o'zini baletda sinab ko'rmoqda

Eldor Akmurzayev
12 sen 2020
Edinson Kavani PSJ bilan tuzgan shartnomasi yozda tugagani sabab erkin agentga aylangandi.

Kavani Parijdaligida balet maktabida o'qishni boshlagandi va Urugvayga qaytganidan so'ng milliy balet teatri bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydi. Bundan maqsad esa ushbu sanat turini rivojlanitirish va yoshlarni unga jalb qilishdan iboratdir. 

Hamkorlik doirasida Kavani o'g'il bolalar uchun mo'ljallangan balet maktabining reklama roligida ham suratga tushdi.


Eslatib o'tamiz, hozirda 33 yoshli futbolchiga “Yuventus”, “Atletiko” va “Real” kabi jamoalar qiziqmoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: isport.ua