Kavani 3 o'yinga chetlatilishi mumkin

Mirjalol Normatov
30 noya 2020
"Manchester Yunayted" hujumchisi Edinson Kavani instagramdagi irqiy haqorat uchun 3 o'yinga chetlatilishi mumkin.

Futbolchi o'yindan keyin tabriklarni qabul qilib olar ekan, "storis"da foydalanuvchiga javob tariqasida "Rahmat, qoravoy" (Gracias negrito) deb javob qaytargan.

Angliya futbol assotsiatsiyasi ushbu holatni o'rganib chiqmoqda. Futbolchining tushuntirish berishicha, Janubiy Amerika qitasida "negrito" so'zi erkalash manosida ishlatiladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal