Klopp: "Liverpul" taslim bo'lmaydi"

Mirjalol Normatov
20 fev 2022, 10:53
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLda "Norvich" mag'lub etilganidan keyingi fikrlarini bildirdi.

"Bu o'yinda vaziyatlarimiz ko'proq bo'lgani menga yoqdi. "Norvich" yaxshi o'ynadi, chuqur himoyalanib, qarshi hujumlar uyushtirdi va o'yinni biroz qiyinlashtirdi. Birinchi golga qadar ham vaziyatlarimiz bo'ldi, ammo barchasi ham biz o'ylaganchalik kechmadi. Kichik rikoshet rejalarni o'zgartirib yubordi. Biroq "Liverpul" taslim bo'lmaydi.

O'zgarishlar foydali bo'ldi, ular hal qiluvchi kuchlarga aylanishdi. Biz rostdan ham yaxshi o'ynadik va gollarni urib oldik", - dedi Klopp.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal