Keysuke Xonda faoliyatini Braziliyada davom ettiradi

Aslanov Jasurbek
29 yanv 2020
SSKA va "Milan" klublari sobiq futbolchisi Keysuke Xonda faoliyatini Braziliyada davom ettirishi mumkin.

"O Globo" nashri xabariga ko'ra, 33 yoshli yaponiyalik futtbolchi "Botafogo" klubining taklifini qabul qilgan. Xonda tez orada shartnoma imzolash uchun okeanortiga uchib ketadi.

Eslatib o'tamiz, 33 yoshli futbolchining so'nggi klubi Niderlandiyaning "Vitess" jamoasi bo'lgandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: O Globo