Kaxi Maxaradze Gruziya - O'zbekiston o'yiniga taxmin bildirdi

Xayrulla Xoliqov
14 noya 2021, 11:59
Ma'lumki, O'zbekiston milliy terma jamoasi ertaga Gruziyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Gruziyaliklar yaqinda JCH saralash bahsida Shvetsiyani 2:0 hisobida mag'lub etib, Yevropada shov-shuv ko'tarishdi. Shu bois bu jamoaga qarshi harakat qilish biz uchun ham qiziq bo'ladi.

Bundan tashqari, bizning terma jamoa o'tgan oy kutilmaganda Iordaniyaga 0:3 hisobida mag'lub bo'lgandi. Eldor Shomurodovning aytishicha, bu mag'lubiyat shunchaki tasodif va Gruziya bilan o'yinda futbolchilarimiz avvalgi xatolarni takrorlamaslikka harakat qilishadi. 

O'zbekiston milliy chempionatida yaxshi o'yin ko'rsatib kelayotgan legionerlardan biri Kaxi Maxaradze ekanini bilasiz. "Lokomotiv"ning gruziyalik yarim himoyachisi ertangi o'yin oldidan o'z taxminini bildirdi. 

"Menimcha, chiroyli o'yin guvohi bo'lamiz, har ikki jamoa tarkibi ancha yoshargan va futbolchilar bor kuch bilan harakat qilishga tayyor. Taxminimcha, o'yinda 2:2 hisobi qayd etiladi", - deydi Kaxi Maxaradze. 


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia