Kante "Arsenal"ga o'tmaydi

Sherzod Nurmatov
7 okt 2022, 11:23
"Chelsi" va Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi N'Golo Kante "Arsenal"ga o'tmaydi, deb yozdi jurnalist Ben Jeykobs.

Manbaning xabariga ko'ra, "kanonirlar" futbolchini sotib olmoqchi emas. Avvalroq ular fransiyalik futbolchiga qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi. Uning "Chelsi" bilan shartnomasi keyingi yozda tugaydi, so'ngra u erkin agentga aylanishi mumkin.

31 yoshli Kante joriy mavsum "Chelsi" tarkibida bor-yo'g'i 2 ta o'yinda maydonga tushdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football London