"Kamp Nou"ning afsonaviy tribunalari buzilmoqda

Mirjalol Normatov
11 iyul 2023
Kataloniyada "Barselona"ning uy stadioni hisoblanmish "Kamp Nou"ni ta'mirlash ishlari boshlab yuborildi.

Ayni damda texnikalar "Kamp Nou" tribunalarini buzish jarayonini o'tkazmoqda. Stadionning tepa qismi deyarli buzib bo'lingan.

Oldinroq ma'lum qilinganidek, "Kamp Nou"ni ta'mirlash ishlari 2024 yil noyabr oyida yakuniga etadi. Unga qadar "Barselona" Olimpiya stadionida o'yinlarini o'tkazadi.

Shu orqali "Kamp Nou"ning sig'imi 99 mingdan 110 mingga ko'tariladi. Ta'mirlash ishlari uchun xarajatlar 1,45 mlrd evroni tashkil qiladi. Bu pullarni jalb qilish uchun klub 20 investor bilan ishlamoqda.

Eslatib o'tamiz, "Kamp Nou" 1957 yili qurilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Getty Images