"Kamp Nou"da chim yotqizish ishlari boshlandi

Aslanov Jasurbek
30 iyul 2025
"Barselona" "Kamp Nou" stadionida chim yotqizishni boshladi.

Kataloniya klubi 14 sentyabr kuni La Liganing 4-turida "Valensiya"ga qarshi mavsumning birinchi uy uchrashuvini rekonstruciya qilinayotgan arenada o'tkazmoqchi. "Blaugrana"ning dastlabki uchta o'yini safarda o'tkaziladi.

"Barselona" allaqachon "Kamp Nou"ni qurilish normalari bo'yicha foydalanishga topshirishga ruxsat olgan. Endi muxlislarni kiritish uchun licenziya olish qoldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca