JCH-2026. Hozirga kelib, qancha chipta sotilgani e'lon qilindi

Khoja
27 noya 2025, 09:07
2026-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun chiqarilgan dastlabki 2 millionta chiptalar sotildi.

Dunyoning 200 dan ortiq mamlakati va hududlaridan muxlislar tarixdagi eng katta va eng inklyuziv @fifaworldcup musobaqasiga guvoh bo'lish uchun o'z o'rinlarini band qilishdi! 

Dastlabki ikki chipta savdosi bosqichida eng ko'p xaridni mezbon davlatlarimiz - Kanada, Meksika va Amerika Qo'shma Shtatlari muxlislari amalga oshirdi - deyiladi xabarda.

Chipta savdosining navbatdagi bosqichi qur'a tashlash marosimidan so'ng, 11-dekabr FIFA.com/tickets sayti orqali amalga oshiriladi.


KhojaMuallif
Manba: Uzbekistan FA