JCH-2002dagi eng katta sensaciya yodingizdami?

Narzulla Saydullayev
19 noya 2025
"Retro futbol" rukni orqali navbatdagi o'yinni yodga olamiz.

Yaponiya va Koreya mezbonlik qilgan 2002 yilgi Jahon chempionati supersensaciya bilan boshlangandi. 1998 yilgi Jahon chempioni Fransiya terma jamoasi ochilish o'yinida o'z tarixida ilk bor mundialga chiqqan Senegalga qarshi maydonga tushgan. Seul shahrida kechgan uchrashuvni francuzlar yetakchisi Zinedin Zidan jarohat sabab o'tkazib yuborardi.

Lekin Fransiya hujumida Angliya premer-ligasining eng yaxshi to'purari Terri Anri va Italiya A seriyasining eng yaxshi to'purari David Trezege kabi futbolchilar o'ynashardi. Senegal tarkibida mundialga kelgan 23 futbolchidan 21 nafari Fransiya chempionatida o'ynardi.

30-daqiqada "Lans" vakili El Xoji Diufning to'p uzatishini "Lans" hujumchisi Pap Buba Diop o'tirgan holda darvozaga yo'llaydi - 0:1. O'sha bahsdan keyin turli gazetalar "Senegal o'tirgan holda Fransiyani tiz cho'ktirdi", "Qasos" degan sarlavhalar ostida chop etilgandi.

Senegal 1960 yilga qadar Fransiya mustamlakasi hisoblanardi. O'zbek futbol muxlislariga juda yaxshi tanish bo'lgan Bruno Metsyu boshchiligidagi senegalliklar Fransiyani mag'lub etib supersanciya yaratishgan va o'sha mundialda dunyo futbol muxlislari Senegalni sevib qolishgandi. Fransiya uchun esa bu Jahon chempionati qo'rqinchli tush kabi o'tgandi - 3 ta o'yin, 0 gol, guruhda oxirgi o'rin. O'sha o'yin videosini MANA BU YERDA ko'rish mumkin. 

Fransiya – Senegal 0:1
31 may 2002 yil. "Seoul World Cup" stadioni. 62 561 tomoshabin.
Bosh hakam: 
Ali Busayim (BAA).
Gol: P. Buba Diop (30).
Fransiya: Faben Bartez, Lilian Tyuram, Frank Lebyof, Marsel Desayi, Biksant Lizarazyu, Patrik Vieyra, Emmanuel Peti, Silven Viltor (Jibril Sisse, 81), Yuri Jorkaeff (Kristof Dyugarri, 60), Terri Anri, David Trezege.
Senegal: Silva, Koli, Diatta, P. Malik Diop, Daf, A. Sisse, M. N’Diay, P. Buba Diop, Diao, Fadiga, Diuf.
Ogohlantirishlar: Peti, A. Sisse. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia