Ivanovich mavsum yakunlangandan so'ng "Zenit"dan ketadi

Alisher
8 iyun 2020, 16:44
"Zenit" himoyachisi Branislav Ivanovich mavsum yakunlangan so'ng klubdan ketadi.

Tomonlar shartnomani uzaytirish borasida kelisha olishmadi. 36 yoshli futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi joriy mavsum so'nggida yakuniga etadi.

Serbiyalik futbolchi 2017 yildan beri "Zenit" sharafini himoya qiladi.

Branislav joriy mavsum piterliklar libosida Rossiya Premer-ligasida 21ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: Sportski žurnal