Ivanovich APLga qaytishi mumkin

Alisher
9 sen 2020, 10:37
"Zenit" sobiq himoyachisi Branislav Ivanovich "Vest Bromvich" bilan muzokaralar olib bormoqda.

36 yoshli futbolchi ayni damda erkin agentdir. U iyul oyi so'nggida shartnomasi yakuniga etganligi sabab "Zenit"ni tark etgan edi.

Serbiyalik futbolchi "Zenit" libosida 125ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 4ta assist qayd etdi.

Branislav Ivanovich bunga qadar 2008-2017 yillar davomida "Chelsi" sharafini himoya qilgan.


AlisherMuallif
Manba: Чемпионат