Ivan Nagaev "So'g'diyona" safida maydonga tushdi

Narzulla Saydullayev
22 iyul 2019
Birinchi davrani "Buxoro"da o'tkazgan hujumchi ikkinchi davrani Jizzaxda davom ettirishi mumkin.

Kecha "So'g'diyona" klubi Jizzaxda PRO-liga vakili "Sho'rtan" klubi bilan nazorat uchrashuvi o'tkazdi. Mazkur bahsda Ivan Nagaev jizzaxliklar safida maydonga tushdi. Katta ehtimol bilan futbolchi ikkinchi davrani Baqoev boshchiligidagi klubda boshlaydi. 

Ma'lumot uchun, Nagaev birinchi davrada "Buxoro" tarkibida 11ta o'yinda maydonga tushib 2ta gol urdi. 

Oldinroq "So'g'diyona" mashg'ulotlarida Jasur Hasanov ham ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.


 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia