Ivan Boshkovich: "Engilmaslikni maqsad qilgandik"

Mirjalol Normatov
6 mar 2026
Superliga 2-turdan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Nasaf" (0:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida jizzaxliklar bosh murabbiyi Ivan Boshovich ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Barcha ko'rdi, biz 0:2 hisobida mag'lub bo'ldik, natijadan xursand emasmiz. Yutqazib qo'ydik. O'yin borasida yaxshi jamoaga qarshilik ko'rsatishga harakat qildik. Gol urish uchun etarli vaziyatlarga ega bo'lib, biroq imkoniyatdan foydalana olmadik. Engilmaslikni maqsad qilgandik, futbolchilarimiz ham oxirigacha kurash olib borishdi. Ikkinchi taymda xarakter ko'rsatishga urindik, vaziyatlar yaratdik. Penaltidan gol urib hisobni qisqartishimiz mumkin edi. Intriga saqlanib qolgan bo'lardi, lekin bu futbol. Oldinga qarab ishlashda davom etamiz.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia