

"The Athletic" nashri tarqatgan xabarga ko'ra, agar Eron milliy terma jamoasi ma'lum sabablarga ko'ra JCH-2026 musobaqasida ishtirok eta olmasa, FIFA maxsus qitalararo o'tish turnirini tashkil etishi mumkin.
Ushbu turnirda Osiyodan ikkita va Yevropadan saralashdan o'ta olmagan ikkita terma jamoa ishtirok etishi ko'zda tutilmoqda. Eng qiziqarli jihati shundaki, FIFA reytingi bo'yicha Italiya milliy terma jamoasi Yevropa uchun ajratiladigan slotlarga asosiy nomzodlardan biri bo'lib turibdi.
Bu degani, muxlislar "Skuadra Adzurra"ni yana Jahon chempionatida ko'rish umidiga ega bo'lishlari mumkin. Hozircha bu ma'lumot loyiha bosqichida, biroq FIFAning yakuniy qarori ko'p narsani o'zgartirib yuborishi kutilmoqda.
Sizningcha, Italiya milliy terma jamoasi bunday imkoniyat orqali mundialga yo'l olishi adolatdanmi? Vaziyatni kuzatishda davom etamiz.



