"Inter" "Napoli" yarim himoyachisini sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
26 dek 2023, 18:30
Petr Zelinski yozda erkin agentga aylanadi.

Milanning "Inter" klubi "Napoli" yarim himoyachisi Petr Zelinski bilan shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda, deya xabar berdi "Calciomercato".

Xabar berishlaricha, 29 yoshli polshalik va "neradzurri" kelishuvga yaqin. Shartnoma 3 mavsumga mo'ljallangan bo'lib, yana bir yilga uzaytirish imkoniyati va yiliga taxminan 4,5 million evro maosh, shuningdek, bonuslar taqdim etiladi. Zelinskining o'zi ham uni qolishga ishontirmoqchi bo'lgan "Napoli"ni tark etishga moyil.

Petr Zelinski joriy mavsum "Napoli" tarkibida 22 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Calciomercato