"Inter" "Monako" himoyachisiga qiziqmoqda

Alisher
27 iyul 2021
Himoyachi Jibril Sidibe "Monako"dan kyetishi mumkin.

28 yoshli fransiyalik futbolchi "Inter" short-listiga tushib qoldi.

Qayd etish kerakki, klub Sidibe bilan 7 million evro evaziga xayrlashishga tayyor. O'yinchining amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

Sidibe 2020/21 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 34ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Foot Mercato