"Inter" Lautaro Martines bilan shartnomani uzaytirishiga ishonmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
22 noya 2023, 11:26
"Inter" bosh direktori Juzeppe Marotta forvard Lautaro Martines bilan shartnomani uzaytirish borasida fikr bildirdi.

"Bu muammo emas, chunki Lautaro bir necha bor jamoada uzoq vaqt qolishni istashini aytdi. Biz ham Lautaroga klubning buguni va kelajagida ham ishonch bildiryapmiz. Har ikki tomonning niyati bir bo'lsa, ish oson bitadi. Shuning uchun ishonchimiz komil".


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: calciomercato.com