

Kuadradoning Turindagi shartnomasi yozda nihoyasiga etadi va u hozircha uzaytirish bo'yicha barcha takliflarni rad etgan. Futbolchi tanlovlarni o'rganib chiqmoqda. "Inter" esa holatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Kolumbiyalik futbolchi 2015 yilda ijara asosida "Chelsi"dan "Yuve"ga o'tgan va 2017 yilda "Yuventus" bilan doimiy bitim imzolagan.
Bunga qadar "neradzurri" 2021 yilda "Milan"da kelishuvi oxiriga etgan Xakan Chalxanogluni erkin agent sifatida jamoaga jalb qilgan edi. Xuddi shunday harakat "Roma" bilan shartnomasi tugagan Genrix Mxitaryan bilan ham amalga oshirilgan.



