"Inter" darvozasiga penalti belgilagan hakam ishdan chetlatildi

Aslanov Jasurbek
26 fev 2019
"Fiorentina" hamda "Inter" o'rtasidagi A Seriyaning 25-tur uchrashuvini (3:3) boshqargan bosh hakam Rozario Abisso jazolandi.

Eslatib o'tami, ushbu bahsning 96-daqiqasida (2:3 vaqtida) Abisso "Inter" darvozasiga penalti belgiladi. Qaror qabul qilishdan oldin referi to'p qo'lga tekkanini ko'rish uchun VAR tizimiga murojaat qildi, ammo uzoq vaqt bir to'xtamga kela olmadi. Natijada u penalti belgiladi va "Fiorentina" 101-daqiqada hisobni tenglashtirdi.

Abisso 24 martgacha ishdan chetlatildi va A Seriyaning 3ta turini o'tkazib yuboradi. Bundan tashqar, u joriy mavsum "Inter"ning o'yinlarini boshqarmaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia