Nima?! Romario 58 yoshida faoliyatini davom ettirishga qaror qildi

Alisher
17 apr 2024, 18:55
Romario 58 yoshli futbolchilik faoliyatini davom ettiradigan bo'ldi.

"Barselona" sobiq o'yinchisi va Braziliya terma jamoasi safida jahon chempioni bo'lgan Romario o'zi klub prezidenti hisoblanadigan va Rio-de-Janeyro shtatining ikkinchi divizionida ishtirok etuvchi "Amerika" klubi qaydnomasiga kiritildi. Romario "Amerika" bilan shartnomasi bo'yicha mumkin bo'lgan eng kam ish haqini oladi va uni klubga xayriya sifatida qaytaradi.

"Sevimli "Amerika" jamoamga ayrim o'yinlarda biroz yordam bermoqchiman. Shuningdek yana bir orzuim, aniqrog'i o'g'lim Romarino bilan o'ynash orzusini amalga oshirmoqchiman. Barchaga qo'llab-quvvatlash uchun rahmat!", – deb yozdi Romario tvittyerda.


AlisherMuallif
Manba: Globo Esporte