"Inter" Daniya chempionati vakilini sotib olishga yaqin

Sherzod Nurmatov
17 iyun 2023
"Inter" "Orxus" himoyachisi Yannik Bissek bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabar berishicha, 22 yoshli germaniyalik Milan klubining taklifini qabul qilgan. "Inter" 7 million evro to'lashi kutilmoqda.

Bissek 2022/23 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 35 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Uning hisobida 3 ta sariq kartochka ham bor.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano