"Inter" "Chelsi" hujumchisini sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
10 iyul 2025
Milanning "Inter" klubi "Chelsi" hujumchisi Kristofer Nkunkuni kuzatib bormoqda.

Manbaga ko'ra, londonliklarning 27 yoshli a'zosi "qora-ko'klar"ning hujum chizig'ini kuchaytirish uchun asosiy nomzodlaridan biriga aylangan.

Nkunku o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 47 o'yin o'tkazib, 15 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com