“Inter” Borrelloni ijaraga olmoqchi

Tolibjon Qosimov
24 iyul 2013
O'tgan mavsumni ijara asosida “Djenoa”da o'tkazgan hujumchi Marko Borrello o'z faoliyatini “Inter”da davom ettirishi mumkin.
Milan klubi rahbariyati 31 yoshli italiyalik futbolchining ijarasi yuzasidan rimliklar sport direktori Valter Sabatini bilan allaqachon muzokara o'tkazgan, deya xabar beradi Football Italia.

“Djenoa” esa o'z navbatida Borrello bilan xamkorlikni davom ettirmoqchi va uning o'rniga “Roma”ga Alberto Djilardinoni taklif etmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Borrello faoliyatida allaqachon “Milan”  va “Yuventus”da o'ynash tajribasi bor.
Futbolchi o'tgan mavsumda Italiya chempionatida 28 o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 12 gol kiritgan.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru