Insayd tasdiqlandi: Jamshid Boltaboev "Andijon" sharafini himoya qiladi

Sherzod Nurmatov
4 dek 2025
"Andijon" matbuot xizmati navbatdagi transferni e'lon qildi.

"Muxlislar mehrini qozongan yarim himoyachi Jamshid Boltaboev bilan shartnoma imzolandi. 

Ma'lumki, futbolchi joriy mavsumni “Neftchi”da boshladi va ikkinchi davrada “Navbahor”da to'p tepdi.

Ma'lumot uchun, Jamshid 1996 yilning 3 oktyabr sanasida Toshkentda tavallud topgan. 2014 yildan 2018 yilgacha “Paxtakor”da o'ynagan. 2019 va 2021 yillari “So'g'diyona” sharafini himoya qilgan. 2022-2024 yilgi mavsumlarni esa “Navbahor”da o'tkazgan", – deyiladi xabarda. 

Boltaboev yakunlangan mavsumda namanganliklar safida 27 uchrashuvda maydonga tushib, 1 tadan gol va assist qayd etdi.

Avvalroq xavbek faoliyatini "Andijon"da davom ettirishi haqida xabar bergan edik.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати