Hojiakbar Alijonov 155 kun o'tib maydonga qaytdi

Alisher
16 iyun 2024, 22:21
"Paxtakor" himoyachisi Hojiakbar Alijonov Superliga 11-tur doirasidagi "Navbahor"ga qarshi o'yinda maydonga tushdi.

Alijonov 90+5-daqiqada Umar Adhamzodani almashtirdi.

"Sherlar" o'yinchisi so'nggi bor 2024 yilning 14 yanvaridagi O'zbekiston - Suriya bahsida harakat qilgandi.

Shunday qilib, O'zbekiston MTJ himoyachisi 155 kun o'tib maydonga qaytdi.



AlisherMuallif
Manba: championat.asia