Hakim Fuzaylov: "Kurash hali tugamadi"

Iskandarov Abdulaziz
1 noya 2022
Pro-liganing 24-turidan "Buxoro" - "Turon" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Ushbu o'yin qiyin o'tishini barchamiz bilar edik. Men uchun ham, raqib murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov uchun ham, yil o'yini edi. O'yin davomida biroz bo'lsa ham ustunlikka erishdik. Yigitlarga raxmat, borlarini berib harakat qilishdi. Lekin hali kurash tugamadi, hammasi oldinda. Biz ikkinchi o'ringa chiqib oldik, lekin bo'shashish yaramaydi. Har bir o'yin oltinga teng. . Oxirigacha ajoyib qo'llab-quvvatlab turishgani uchun muxlislarimizga katta raxmat. Barchasi ajoyib",- deydi Hakim Fuzaylov. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: "Бухоро" матбуот хизмати