

Italiyalik mutaxassis Rossiya Premer-ligasining 11-turi markaziy bahsi "Lokomotiv" - "Zenit" uchrashuvini kuzatib bordi.

Oldinroq u Moskvaga Rossiyadagi klubda ishlash uchun uchib kelgani borasida ma'lumotlar berilgandi. Biroq bu xabarlar keyinchalik murabbiyning o'zi tomonidan rad etildi. Ammo rus insayderlari Gattuzo yaqin vaqtlarda Rossiyada ish boshlashini takidlashmoqda.



