Frenk Lempard: "Messini Ronaldudan ustun qo'yish nohaqlik"

Omonjon To`xtamirzayev
1 okt 2024, 19:05
Angliyalik sobiq futbolchi Frenk Lempard dunyoning eng yaxshi futbolchisi haqida gapirdi.

"Lionel ulkan iqtidor sohibi hisoblanadi. Krishtianu esa o'zini o'zi yaratgan. Yani barchasiga mashaqqatli mehnati orqali erishgan. Menimcha, ularni bir-biridan ustun qo'yish nohaqlik bo'ladi. Ronaldu ham, Messi ham eng zo'ri degan nomga loyiq", - dedi Lempard.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Mikel Arteta Lionel Messini dunyoning eng kuchli futbolchisi, deb hisoblashi haqida aytgandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Sky Sports