

Quyida JAR stadionida o'tkazilgan mashg'ulotdan fotomaqolani e'tiboringizga havola etamiz. Oldindan shuni aytib o'tamizki, bugungi fotomaqolamiz yumorga boyitilgan.

Mashg'ulot odatdagidek engil yugurish bilan boshlandi.

S.Rashidov: - Omar Abdulrahmon bilan bir jamoada o'ynash taklifiga rad javobini bermoqchiman...
T.Abduxoliqov: - Xa-xa-xa-xa-xa ))

- Bolalarim, sizlarni ertangi bayramingiz bilan tabriklayman (mashg'ulot kecha o'tkazilgan).

Osmondagi yulduzlarni sanab bergan futbolchi Tailandga qarshi asosiy tarkibda tushadi.

- Nimani sanayapsiz? Axir, hozir quyosh chiqib turibdi, osmonda yulduz nima qilsin? )

- Undan ko'ra, chigalyozdi mashqlarini davom ettiramiz. Bir, ikki, uch... oppa.

Toshkent ko'chalariga yangi yo'l chizig'i yotqizildi. )

Sumochilar.

Yorqin kelajak sari olg'a Javohir!

- Samvel Vyacheslavovich, kechki ovqatga - beshbarmoq.

- Men ham beshbarmoqqa yo'q demasdim...

- Kim beshbarmoqqa bormoqchi bo'lsa kettik.

Shu bilan "beshbarmoq" tamom.
O'zbekiston milliy terma jamoasining kechagi mashg'ulotidan to'liq fotogalereyani saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>> FOTO
Tolibjon Qosimov



