Flik "Real" bosimi haqida: "Ular juda jiddiy raqib. Lekin boshqa jamoalar ham bor"

Mirjalol Normatov
22 noya 2025, 10:17
"Barselona" bosh murabbiyi Xansi Flik "Real" va boshqa klublarning LaLigadagi raqobati haqida gapirdi.

Dastlabki 12 turdan keyin Kataloniya  klubi "Real"dan 3 ochkoga ortda qolgan holda LaLiga turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi.

"O'yindan o'yinga vaziyatga qaraymiz va ishlarni bajaramiz. Oldimizda bizni uzoq yo'l kutib turibdi, buni bilamiz. Biroq vazifalarimizga shubha bilan qaramasligimiz kerak.

"Real" - juda jiddiy raqib, biroq "Vilyarreal" hamda "Atletiko" kabi ajoyib jamoalar ham bor. Gap shunda. Avvalo biz o'zimizga e'tibor berishimiz va har bir o'yinda bor kuchimiz bilan ishlashimiz kerak", - dedi Flik.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo