"Finalissima-2026": Ispaniya va Argentina o'rtasidagi superoqshom mart oyida bo'lib o'tadi

Iskandarov Abdulaziz
19 iyul 2025
Super uchrashuvning sanasi deyarli ma'lum.

Evro-2024 g'olibi Ispaniya va Amerika Kubogi-2024 sohibi Argentina terma jamoalari o'rtasidagi "Finalissima" bahsi 2026 yil mart oyida bo'lib o'tishi tasdiqlandi. Bu haqda mashhur jurnalist Gaston Edul ijtimoiy tarmoq X (ilgari Twitter) orqali xabar berdi.

Manbaga ko'ra, ushbu o'yin 17–25 mart orasida o'tkazilishi rejalashtirilgan. Aniq sana keyinroq ma'lum qilinadi. Hozircha bahsning qayerda bo'lib o'tishi ma'lum emas.

Eslatib o'tamiz, ilk Finalissima 2022 yilda o'tkazilgan bo'lib, unda Argentina Italiyani 3:0 hisobida mag'lub etgan edi va birinchi chempion sifatida tarixga kirgandi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Чемпионат