FIFA klublar o'rtasidagi JCH-2025ning bir ishtirokchisini turnirdan chiqardi

Mirjalol Normatov
21 mar 2025, 21:16
FIFA appelyaciya qo'mitasi Meksikaning "Pachuka" va "Leon" klublari borasidagi muammo bo'yicha qaror chiqardi.

Ma'lumot uchun, ushbu ikki klub bir kompaniyaga, yani, "Grupo Pachuca"ga tegishli. Bu esa klublar o'rtasidagi jahon chempionatining reglamentiga zid va turnirda bir kompaniyaga tegishli bo'lgan ikki jamoa ishtirok eta olmaydi.

Shu sababli "Leon" jamoasi turnir ishtirokchilari safidan chiqarildi.

Klublar o'rtasidagi jahon chempionati 15 iyundan 13 iyulga qadar AQSHda o'tkaziladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: inside.fifa.com